Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi SamDUda
16:10 / 2023-09-21

Rossiyaning Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi direktori birinchi o‘rinbosari Yulya Dyakova boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov bilan kechgan uchrashuvda ikki oliygoh o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqasini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingan. Muloqot davomida, shuningdek, biologiya, kimyo, muhandislik fizikasi, yadro fizikasi, axborot texnologiyalari, matematik modellashtirish, genetika, botanika sohalariga oid tadqiqotlar olib borishga kelishildi.

Uchrashuvning rasmiy qismi o‘tgach, delegatsiya a’zolari SamDU Muhandislik fizikasi va Biokimyo institutiga borib, yangi qurilgan kampus faoliyati bilan tanishdi. Ular institutda mavjud ilmiy laboratoriyalarni ko‘zdan kechirib, yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi.

O‘zA