English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning Interpoldagi faoliyatini to‘xtatish taklifi bildirildi
12:12 / 2022-03-07

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel ma’lum qilishicha, u Interpolga maktub yo‘llab, Rossiyaning tashkilot tizimi doirasidagi faoliyatini to‘xtatishga chaqirgan.

"RIA Novosti" xabarida eslatilishicha, avvalroq Patel Ukraina hukumati Rossiyani Interpoldan chiqarishni taklif qilgani, Britaniya esa tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.
“AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi hamkasblarimiz bilan birgalikda yozilgan, Interpolga yo‘llangan maktubda Rossiyani Interpol tizimidagi faoliyati zudlik bilan to‘xtatilishi so‘ralgan” deb yozdi mulozim ijtimoiy tarmoq orqali.