Rossiyaning ayrim banklari xalqaro SWIFT tizimidan uzib qo‘yiladi
“Katta yettilik” davlatlari, ya’ni AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya Rossiyaning ayrim banklarini xalqaro banklararo SWIFT tizimidan uzib qo‘yib, Rossiya Markaziy bankini faoliyatini cheklaydi, deyiladi REGNUM xabarida.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ma’lum qilingan. “Rossiyaning ma’lum banklarini mazkur tizimdan uzib qo‘yamiz” deyiladi bayonotda.
“G7” mamlakatlari, mazkur banklarning “global miqyosdagi faoliyatini” cheklash imkonini beradi, deb hisoblaydi. Avvalroq REGNUM xabarida AQSH, Fransiya, Kanada, Italiya, Britaniya, Germaniya va Yevrokomissiya Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga qaror qilgani eslatilgandi.