Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning Afg‘onistondagi bosh konsulligi faoliyati qayta tiklanadi
16:14 / 2021-10-21

“Rossiya Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahridagi bosh konsulligi faoliyatini tiklash masalasini ko‘rib chiqadi”, dedi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Rossiya-24” kanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Rossiyaning diplomatik vakolatxonasi xavfsizligini kafolatlaydi.  

“Bu jarayon mahkamalararo muhokamalardan keyin yanada oydinlashadi. Mozori-Sharifda vaziyat barqaror. Bu esa, vakolatxona  faoliyati tiklanishi uchun asos beradi. Lekin bunga amaliy harakat kerak”, dedi Kabulov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning bu shahardagi bosh konsulligi 2021 yilning iyulida xavfsizlik nuqtai nazaridan yopilgandi.