French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik taniqli olim Samarqand davlat universitetida
13:51 / 2025-11-08

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Rossiyaning “Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi prezidenti, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Mixail Kovalchuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda akademik Muhsin Ashurov, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari qatnashdi.

Uchrashuvda ta’lim va tadqiqot muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, konvergent texnologiyalar va elementar zarrachalar fizikasi, tibbiyot va biologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash, akademik almashinuvlarni amalga oshirish xususida taklif va mulohazalar bildirildi.  

Bu boradagi amaliy harakatlarni boshlash zarurligi ta’kidlandi.

Dildora Do‘smatova,

O‘zA