Jizzax viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi ushbu sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amaliy ishlarni boshlash uchun astoydil bel bog‘ladi.
Joriy yilning 28 may kuni Toshkent shahrida o‘tgan “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalida Jizzax viloyati musiqali drama teatri direktori G‘ulom Darxonov hamda teatr bosh rejissyori Shohrux Yo‘ldoshevlar boshchiligidagi jamoa ijodkorlari ham ishtirok etib qaytdi.
– Mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tgan xalqaro teatrlar festivalida jahon teatr yulduzlari bilan o‘tgan uchrashuvlar, umuman festivaldan olgan taassurotlarimiz juda katta, – deydi teatr direktori G‘ulom Darxonov. – Xalqaro hamkorlik borasidagi ijodiy uchrashuvlarimizdan biri Sankt-Peterburg davlat drama teatri bosh rejissyori Ruslan Tamaziyevich Nanava bilan bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik rejissyorga Jizzax viloyati musiqali drama teatri tarixi, buguni va kelgusi rejalari haqida gapirib berdik. U teatrimiz bilan qiziqib qoldi va joriy yilning avgust oyida Jizzax viloyatiga kelishini bildirdi. Bosh rejissyorning Jizzaxga kelishidan maqsad – Jizzax viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari bilan yaqindan tanishish va hamkorlikda yangi spektakl sahnalashtirishdir.
A.QAYUMOV,
O‘zA