Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon 83,4 milliard dollar yo‘qotishdi
16:37 / 2022-11-01

Rossiyalik milliarder tadbirkorlarning umumiy boyligi yil boshidan buyon 83,4 milliard dollarga kamaydi. Eng ko‘p yo‘qotish "Renova"ning asosiy xo‘jayini Viktor Vekselbergga tegishli bo‘ldi. Uning joriy yildagi yo‘qotishi 11,2 milliard dollarga baholanmoqda. Natijada Vekselbergning boyligi hozirda 7,32 milliard dollargacha pasaygan, deyiladi RIA Novostining Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga tayanib tarqatgan xabarida.

Reyting agentligi rossiyalik tadbirkorlarning boyligi indeksini ularning kompaniyasidagi  egalik qilayotgan aksiyalari narxi asosida hisoblab chiqqan.  

BBI reytingiga dunyoning jami 500 nafar boylari kiritildi, ushbu jahon milliarderlari ro‘yxatiga Rossiyanning 25 nafar fuqarosi ham kiritilgan. Ularning jami davlati 1 noyabr holatida 299,63 milliard dollarni tashkil etgan.  

Rossiyaning eng boy kishisi, deb "Nornikel" kompaniyasining asosiy egalaridan bo‘lgan  Vladimir Potanin tan olindi. Biroq uning ham  dollarlari yil boshidan buyon 1,08 milliardga kamaygan va hozirda 29,8 milliardni tashkil etmoqda.  

"Novatek" egalaridan biri  Leonid Mixelson uchun ham joriy yil chiqimlarga boy bo‘lgani aytilmoqda. 27,4 milliard dollar bilan ruslarning reyting ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turgan tadbirkor bu yil 8 milliard yo‘qotgan. Uchinchi o‘rinda borayotgan Aleksey Mordashovning ham dollarlari 7,78 milliardga kamayib, 21,1 milliardgacha tushib qolgan.  

Shuningdek, milliarderlar Vladimir Lisin, Vagit Alekperov va   Alisher Usmanovlar ham anchagina pullaridan ajralgan. Masalan, hisobotda  Alisher Usmonovning boyligi 3,38 milliardga qisqarib, hozirda 17,9 milliardga tushib qolgani aytiladi.  

Boyligi bo‘yicha ulardan orqada borayotgan rossiyalik yana ko‘plab milliarderlar uchun ham garchi milliarderlik maqomini hali ham saqlab qolayotganiga qaramay bu yil biroz omadsiz kechgani aytilmoqda.