Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik diplomat SHHTni kengaytirish istiqboli haqida
09:43 / 2022-09-15

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan mamlakatlardan ko‘plab arizalar kelib tushmoqda, biroq kengayish jarayoni oson kechmaydi va u puxta o‘ylangan yondashuvni talab qiladi. Bu haqda Rossiyaning SHHT Kotibiyatidagi doimiy vakili Natalya Stepkina aytdi.

“SHHTni kengaytirish sammitda asosiy masalalardan biri bo‘ladi. Ko‘plab murojaatlar kelib tushgan, ularning barchasi ko‘rib chiqiladi. Xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimida ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar fonida SHHTga a’zo bo‘lishga qiziqish ortib bormoqda. Ko‘rinib turganidek, mazkur tashkilot manfaatdor davlatlarni bezovta qilayotgan savollariga javob berishga qodir”, dedi Stepkina.

Uning ta’kidlashicha, “kengayish oson jarayon emas. SHHT a’zolarini tashkilot doirasida amaliy hamkorlikka barcha darajada jalb qilish, maksimal imkoniyatlar yaratish nuqtai nazaridan jiddiy, puxta o‘ylangan yondashuvni talab qiladi”.