English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaga tegishliligi taxmin qilingan dron halokatga uchradi
12:14 / 2026-02-13

Turkiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz sohilida, Ordu viloyati Uniye qirg‘oq shaharchasida Rossiyaga qarashli ekani taxmin qilingan dron topilganini tasdiqladi.

Vazirlik vakili Oqturk xabar berishicha, dron qulagan joy 10-fevral kuni maxsus kuchlar guruhi tomonidan aniqlangan.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki texnik ekspertiza uchoqda portlovchi modda yo‘qligini tasdiqladi. Bor ma’lumot va dronning xususiyatiga asoslanib, mutaxassislar qurilma Rossiyada ishlab chiqarilgan, deb hisoblamoqda.

Darvoqe, o‘tgan yil dekabr oyida ham Turkiya havo mudofaasi tizimi uch dronni urib tushirgan. 15-dekabr kuni esa G‘-16 qiruvchi samolyotlari Qora dengizdan mamlakat havo hududiga yaqinlashib kelayotgan “noma’lum” dronni to‘xtatib qolgandi.

S.Rahimov, O‘zA