English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaga qarshi sanksiyalar dunyodagi oziq-ovqat va energetika tanazzulini keskinlashtiradi
14:55 / 2022-03-11

Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘llanishi dunyodagi oziq-ovqat va energetika tanazzulini keskinlashtirishi mumkin.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo bilan telefon orqali muloqotda fikr bildirdi, deyiladi Xitoy tashqi ishlar mahkamasi rasmiy saytida.

“Sanksiyalarning keskinlashuvi global miqyosdagi moliya, energetika, oziq-ovqat, transport, ta’minot zanjiri va dunyo iqtisodi tiklanishining boshqa omillariga salbiy ta’sir qiladi”, deb ta’kidladi rasmiy vakil.

Xitoy diplomatiyasi rahbarining aytishicha, sanksiyalar muammolarga barham bermaydi, balki yangilarini vujudga keltiradi.