Rossiyaga qaratilgan sanksiyaga izoh berildi
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bayonotiga ko‘ra, YeI Rossiyaga sanksiya qo‘llash masalasida bir qarorga kelishga yaqin turibdi.
“Bu chora RF iqtisodi va moliyaviy tizimiga jiddiy zarar keltiradi”, dedi Borrel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Rasmiy vakilning so‘ziga ko‘ra, Yevroittifoq eksport nazorati bo‘yicha cheklovni ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, cheklov uzoq muddatli bo‘lib, Rossiyani strategik maqsad uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ta’minotidan uzib qo‘yadi. Shu bilan birga Yevroittifoq diplomatiyada omadsizlikka uchrash ehtimoliga ham tayyor turishi lozim.
“Biz vaziyat taqozosi bilan vujudga keluvchi holat bo‘yicha AQSH, Qatar va Ozarbayjon kabi hamkorlar bilan barcha variant va ssenariylarni ko‘rib chiqmoqdamiz”, dedi diplomat.