French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaga nisbatan sanksiya siyosati yanada kuchaytirilishi mumkin
18:41 / 2018-11-30

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Kerch boʻgʻozidagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish boʻyicha siyosatni davom ettirish niyatida. Bu haqda Bosh vazir fikriga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” xabar tarqatmoqda.

Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida Rossiyaga qarshi sanksiya qoʻllash tarafdori boʻlgan davlatlar orasida Buyuk Britaniya yetakchilardan hisoblanadi.

Tereza Mey Rossiyaga qarshi qoʻllangan sanksiyalarni asosli deb baholashini va bu yoʻlda qatʼiyat bilan harakatlanishda davom etishini maʼlum qilgan.

G-20 sammitiga yoʻl olgan Bosh vazir samolyot bortida jurnalistlar ishtirokida Rossiyaning Ukraina kemalarini ushlashi bilan bogʻliq vaziyatni izohlagan.

Xabarda qayd etilishicha, bunday choralar Rossiyaning oʻziga xos va doimiy harakatlaridan biri.

Shuningdek, Tereza Mey kemalar va dengizchilarni ozod etish, munosabatlarda keskinlik darajasini pasaytirish kerakligini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 25-noyabr kuni Rossiya chegarachilari Azov dengizidagi Kerch boʻgʻozida Ukrainaning 3 ta kemasini chegarani buzshda ayblab, qoʻlga olgan edi.