English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaga 197 nafar, Koreyaga 8 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun jo‘nab ketdi
17:13 / 2021-05-21

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “PSP” korxonasi bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan 197 nafar fuqaro Amur viloyatida qurilish ishlarida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali Toshkent-Novosibrsk yo‘nalishida tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.

Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar berildi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan 8 nafar fuqaro o‘z ish joylariga ketishiga ko‘maklashildi.