Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyadan Tog‘li Qorabog‘ uchun 250 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi
12:25 / 2020-12-22

Rossiyadan 250 tonnadan ortiq insonparvarlik yordam yuki bilan to‘ldirilgan o‘ttiz beshta vagon Tog‘li Qorabog‘ shahriga yetib keldi.

Bu Tog‘li Qoraboqqa temir yo‘l orqali yuborilgan yuklarning eng yirik partiyasi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida.

Yordam yuklari Tog‘li Qorabog‘ning Ozarbayjon–Armaniston ziddiyatlaridan zarar ko‘rgan aholi  hududlariga tarqatiladi.

Insonparvarlik yordami tarkibida beshta yong‘inga qarshi tanker, to‘rtta UAZ avtomobili, o‘nta dizel generatori, 280 kubmetr yog‘och va 35 mingga yaqin uy anjomlari o‘rin olgan.