Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi
14:28 / 2022-02-15

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi.

Ushbu poyezdlar 2022 yil 18 va 25 fevral kunlari soat 20:50da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi. Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.  

Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin. 

O‘zA