Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ro‘yxatdan o‘tish muddatini o‘tkazib yuborganliklari jazolanmaydi
18:08 / 2023-05-05

Rossiya politsiyachilariga O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini o‘tkazib yuborganliklari uchun ushlab turish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish taqiqlanadi. Biroq, mazkur chora faqat 15-iyungacha amal qiladi, deb xabar beradi Rossiya ommaviy axborot vositalari. 

Politsiya xodimlariga bunday ko‘rsatmani Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general Aleksandr Gorovoy bergan. 

O‘zbekiston fuqarolari suratga tushmagani, daktiloskopiya va tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani uchun  deportatsiya qilinmaydi, ularning Rossiyaga kirishi taqiqlanmaydi va ushbu mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddati qisqartirilmaydi.  15-iyunga qadar O‘zbekistonning barcha fuqarolari, hatto ular ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa ham, Rossiya hududida qoladi. 

Mazkur imtiyozlar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi doirasida berildi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, 
O‘zA muxbiri.