Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyadagi koronavirus kasalxonasida chiqqan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi
21:54 / 2021-06-10

Rossiyaning Ryazan viloyatida yangi turdagi koronavirusga chalingan bemorlar davolanadigan Semashko pandemiya kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida sun’iy nafas berish apparati (IVL)ning portlashi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi turli darajada jarohatlangan.

Hodisada 3 nafar bemor tutundan nafas olish oqibatida vafot etgan, 10 kishi turli darajada jarohat oldi, jumladan, shifoxona hamshiralaridan biri og‘ir darajada kuygan. 

Yong‘inni bartaraf etish uchun Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining 60 nafar shaxsiy tarkibi va 19 ta o‘t o‘chiruvchi transport vositalari ajratilgan. Vazirlikning ta’kidlashicha, shifoxonadagi doktorlar va bemorlar evakuatsiya qilingan.