Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada xorijiy haydovchilarga jazo choralari kuchaytiriladi
09:06 / 2019-11-09

Taʼkidlanishicha, chegara oʻtkazish punktlariga kuzatuv kameralari qoʻyiladi va ulardagi maʼlumotlar federal bojxona xizmati hamda politsiyaga uzatiladi.


Rossiya tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarosi boʻlgan haydovchilar tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi buzilishi holatlariga nisbatan jazo choralari kuchaytirilishi bilan bogʻliq “yoʻl xaritasi”ni tayyorladi, deyiladi “Kommersant”ning mazkur loyihaga asoslanib bergan xabarida.

Taʼkidlanishicha, chegara oʻtkazish punktlariga kuzatuv kameralari qoʻyiladi va ulardagi maʼlumotlar federal bojxona xizmati hamda politsiyaga uzatiladi.

Bundan tashqari chet ellik haydovchilar tomonidan jarimalar toʻlanmagan holatga doir maʼmuriy kodeksga ham oʻzgartirishlar kiritiladi.