Rossiyada qariyb 100 ga yaqin yashirin qurolsozlar fosh etildi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati mamlakatning 25 ta hududida qariyb 100 ga yaqin yashirin qurolsozlarning faoliyatiga chek qo‘yildi hamda ulardan 385 dona qurol musodara qilindi. Bu haqda TASS agentligi ishonchli manbaaga tayanib xabar bermoqda.
"Federal xavfsizlik xizmati mamlakat ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya bilan hamkorlikda 25 ta ma’muriy hududda 96 kishi qurol yasash va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yashirin ustaxona ochib olganini aniqlagan", — deya ta’kidlanadi xabarda.
Natijada 385 dona o‘qotar qurol musodara qilingan, 29 ta yashirin ustaxona faoliyatiga chek qo‘yilgan.