Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada o‘ziuchar taksilar ishlab chiqarish masalasi muhokаma qilinmoqda
12:35 / 2022-01-05

“REGNUM” xabarida aytilishicha, Rossiya “Taktik raketa qurollanishi” korporatsiyasi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi, jumladan, taksi xizmatiga moslashgan o‘ziuchar qurilmalarni ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Korporatsiya bosh direktori Boris Obnosov mamlakat prezidenti Vladimir Putinga hisobotida: “bugungi kunda biz yo‘lovchi va yuk tashuvchi taksilar sifatida foydalanish uchun o‘ziuchar qurilmalar ustida ish olib bormoqdamiz”, deb ta’kidladi.

Uningcha, 2025 yilga borib, korxonadagi 25 foizga yaqin mahsulot mana shunday maqsadda ishlab chiqiladi.