French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada o‘zbek muhojiriga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga tashlangan FMS xodimiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan
12:45 / 2021-05-04

Rossiya huquq tartibot organlari tomonidan muhojirlarga, jumladan, o‘zbek migrantlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari muntazam sodir etib turiladi.

O‘zbek migrantlari bunday holatlarda Rossiya federatsiyasining prokuratura organlari va sudlariga murojaat qilishdan tiyiladilar, boisi o‘zlariga nisbatan turli huquqiy va jismoniy chora qo‘llanilishidan, ayrim hollarda mamlakatdan chiqarib yuborilishdan cho‘chiydilar.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati Federal Migratsion xizmati xodimi tomonidan o‘zbek muhojiriga qilingan tajovuz Rossiya ommaviy axborot vositalari va televideniyelarida keng yoritilib, jamoatchilik noroziligini uyg‘otdi.

O‘zbek muhojiri tomonidan FMS xizmati xodimiga o‘z qonuniy huquqlari uchun kurashgani yoqmaganini ochiq-oydin qo‘pollik bilan ifodalab, bir qator yurtdoshlarining oldida unga tashlangan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat internetda, Rossiya OAVlarida yoritilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi migratsiya agentligi quyidagicha bayonot bergan;

TOMSKDA O‘ZBEKISTON FUQAROSI BILAN YUZ BERGAN HOLAT YUZASIDAN

Ba’zi ijtimoiy tarmoq sahifalarida Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida Federal xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va ob’ektiv tekshiruv o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi hamda Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.