Rossiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli ikkita qishloq aholisi evakuatsiya qilindi
Rossiyaning Sibir o‘lkasida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Euronews xabar qilishicha, hududning shimoli-sharqidagi o‘nlab qishloqlar yong‘indan jiddiy zarar ko‘rgan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy ishchi guruhi hozircha Kalvitsa va Xariyalax qishloqlarini xavfsiz hududga evakuatsiya qilgani aytilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in tufayli Byas-Kyuyel qishlog‘ida o‘nlab uylar olov ichida qolgan. U yerdan ham 400 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi, deyiladi xabarda.
Rossiyada ko‘plab olimlar iqlim o‘zgarishi natijasida yuqori harorat qayd etilishi haqida ogohlantirgan edi.
Olimlarning ta’kidlashicha, issiq ob -havo va yong‘in xavfsizligi qoidalariga beparvo qarash yong‘inlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.