Rossiyada neft qazib olish ko‘rsatgichi pasaydi
Rossiyada neft qazib olish hajmi ketma-ket ikkinchi oy pasaydi, deb yozmoqda “Bloomberg” nashri. Ta’kidlanishicha, bu holat AQSH sanksiyalari kuchayishi va Osiyo bozorlarida, ayniqsa, Hindistonda talab qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
RF rasmiylari neft ishlab chiqarish va eksport hajmlari bo‘yicha ma’lumotlarni yopiq holatga o‘tkazgan. Biroq “Bloomberg” manbasiga ko‘ra, yanvar oyida mamlakatda kuniga o‘rtacha 9,28 million barrel neft qazib olingan. Bu ko‘rsatkich dekabr oyiga nisbatan 40 ming barrelga, OPEC (Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) bilan kelishilgan kvotadan esa taxminan 300 ming barrelga kam.
D.Hakimov, O‘zA