English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada kurerlar uchun elektr velosiped ixtiro qilindi
13:48 / 2022-05-23

Ekologik toza transport vositasi - elektr velosipeddan foydalanish oson. Moslamaning tezligi va manevri mototsiklnikiga yaqinroq. Bu logistika kompaniyalari, jumladan, kurerlar uchun yaxshigina qulaylik yaratadi.

“RIA Novosti” xabarida aytilishicha, ekologik toza elektr velosipedni yaratish va foydalanishga topshirish aholi harakatchanligini oshiradi. Umumiy yo‘llardagi tirbandlik 13 foiz kamayadi, yetkazib beruvchi kompaniyalar harakatchanligi oshib, vaqt tejaladi. Natijada kurerlik kompaniyalari iqtisodiy samaradorligi 11 foiz ko‘tarilishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, elektr velosipeddan foydalanishda sarf kamayishi hisobiga kichik transport kompaniyalari - kurerlik xizmati byudjetiga tushadigan badal 3-4 foiz oshadi.