Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada koronavirusga qarshi burunga tomizadigan vaksina bo‘yicha tadqiqotning uchinchi bosqichi e’lon qilindi
21:09 / 2022-04-15

– Koronavirus infeksiyasiga qarshi burunga tomizadigan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgach, tadqiqotlar boshlangan edi, – deydi V.I. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

“TASS” agentligi xabariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasining burunga tomizadigan shakli allaqachon tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichidan o‘tgan. Bir-ikki hafta ichida uchinchi bosqichni boshlash rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlash kerak, mazkur vaksina burunga qarshi emlashdan keyin odamning steril immunitetga ega ekanini eksperimental ravishda ko‘rsatadi. Olimning fikricha, bunday tadqiqotlar havo orqali yuqadigan infeksiyalarga qarshi kurashda prinsipial jihatdan yangi qadam bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 aprel kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi burunga tomizadigan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.