English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz sharoitlari o‘rganildi
14:05 / 2021-04-28

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida ayni kunlarda Moskva shahrida bo‘lib turgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruhi qurilish ob’ektlarida bo‘ldi.

Ishchi guruhi qurilish ob’ektlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning ish va ovqatlanish sharoitlari bilan bilan tanishdi.

Shuningdek, ish beruvchi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur kompaniya qurilish ob’ektlarida ishlash uchun O‘zbekistondan yana fuqarolarni ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida joriy yilning may oyi davomida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.