Rossiyada ikki marta yer qimirladi
3-mart kuni Rossiyaning kurort shahri Sochi va yaqin atrofdagi hududlarda ketma-ket ikki marta zilzila kuzatildi. Ilk silkinish mahalliy vaqt bilan soat 14:09 da yuz berib, magnitudasi 4,3 ballni tashkil etdi.
Oradan ikki soatcha o‘tib, magnitudasi 4,4 ballli ikkinchi hodisa qayd etildi. Zilzila markazi Qora dengiz tubida, qirg‘oqdan taxminan 25 kilometr masofada joylashgan. Shaharning barcha tumanlari, xususan ko‘p qavatli binolar yuqori qavatida tebranish sezilarli bo‘lgan. Xonadonlardagi qandillar, uy jihozlari yaxshigina tebrangan. Shahar meri Andrey Proshunin ta’kidlashicha, hech kim jabrlanmagan, vayronagarchilik yo‘q. Barcha strategik ob’ektlar, kommunal xizmat majmualari odatiy tartibda faoliyatini davom ettiryapti.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA