English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Vatanparvar” tashkiloti sportchisi munosib kutib olindi
07:18 / 2021-09-12

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyada birinchi MDH davlatlari o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori Anvar Kurbaniyazov va Namangan viloyati kengashi raisi Ahmadjon Alaxodjayev boshchiligida tantanali kutib olindi.

Ushbu musobaqaning pnevmatik quroldan o‘q otish yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘lgan –“Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining o‘q otish sporti seksiyasi a’zosi Muhammad Kamalov kutib oluvchilar safida o‘z ota-onasi ko‘rib behad quvondi.

“Qanday yutuqqa erishgan bo‘lsam, barchasi “Vatanparvar” tashkilotida faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylarim bergan saboqlar natijasidir. O‘z iqtidorimni namoyon etishim uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan davlatimiz rahbari va “Vatanparvar” tashkiloti rahbariyati hamda ustozlarimdan juda minnatdorman. Eng katta orzularimdan biri – 2024 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish”, dedi Muhammad Kamalov jurnalistlarga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabrida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida start olgan birinchi MDH davlatlari o‘yinlari 11 sentyabr kuni yakuniga yetdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi 

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati