Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada Farg‘ona viloyati salohiyatining taqdimoti
15:31 / 2025-10-22

O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy munosabatlariga davlat hamisha ustuvorlik berib kelgan. Chunki o‘n yillar davomida tomonlar sinovdan o‘tgan hamkor sifatida bir-biriga ishonadi. 2024 yilda O‘zbekiston-Rossiya o‘zaro tovar aylanmasi 10 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Yoki 2023 yilga nisbatan 5,2 foizga o‘sgan. Bu an’ana joriy yilda ham davom etdi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2025 yilning faqatgina birinchi yarmida 6 mlrd. dollardan oshdi. Bu raqamlar shakllanishida Farg‘ona viloyatining ham ulushi salmoqli. To‘qimachilik, kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida Farg‘ona viloyati mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Shuning uchun ham viloyat tadbirkor hamda ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy munosabatlar ko‘rib chiqiladigan barcha anjumanlarda faol ishtirok etadilar. Bu gal viloyat hokimi o‘rinbosarlari Mirzohid Ubaydullayev va Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining II hududlar kengashi doirasida  Savdo- sanoat palatalari tomonidan o‘tkazilgan «Rossiya - O‘zbekiston: hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari» mavzusidagi 11-qo‘shma ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

– Kengash ishi davomida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi hududning iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi,– deydi Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov. – Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar tahlili natijasidan kelib chiqib, Rossiya biznes doiralari bilan hamkorlikni kengaytirishga oid takliflar bildirildi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA