Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada “FaceTime” bloklandi
09:17 / 2025-12-05

Rossiyada “Apple” kompaniyasining “FaceTime” videoqo‘ng‘iroq xizmati faoliyati cheklandi, deya xabar bermoqda “DW” nashri.

“Roskomnadzor” ilova bloklanishini firibgarlar undan jinoiy maqsadlarda foydalanayotgani bilan izohladi

“FaceTime” orqali “iPhone”, “iPad” va “Mac” foydalanuvchilari internetga ulangan holda bepul videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirishi mumkin. RFda servis ishidagi dastlabki ommaviy uzilishlar haqidagi shikoyatlar oktyabr oyi o‘rtalarida paydo bo‘lgan edi.

Mutaxassislar fikricha, cheklovlar kengayishi foydalanuvchilarni doimiy ravishda boshqa serverlar yoki ilovalarga o‘tishga majbur qilmoqda. 

D.Hakimov, O‘zA