Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada baxtsiz hodisaga uchragan va majburiy mehnatga jalb qilingan fuqarolar Vatanga qaytarildi
12:54 / 2021-08-04

Joriy yilning aprel oyida Andijondan L.K. turmush o‘rtog‘i K.K. bilan birgalikda Rossiyaning Samara shahridagi issiqxonada ishlash maqsadida ketgan. Ish jarayonida ish beruvchi tomonidan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasportlari) olib qo‘yilib, 3 oydan ortiq muddatda majburiy mehnatga jalb qilingan.

Yurtdoshlarimizning murojaatiga asosan tezkor tartibda mahalliy ichki ishlar idoralari jalb qilinib, ularning pasportlari olib berildi va vaqtincha yashash uchun xostelga joylashtirildi.

Bundan tashqari, fuqaro U.D. joriy yilning may oyida Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida kelib, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash jarayonida baxtsiz hodisaga uchrab, shifoxonaga joylashtirilgan. Shifokorlarning tibbiy muolajasi natijasida chap qo‘li panjalari amputatsiya qilingan va mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan.

Shuningdek, yana bir andijonlik Q.K. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sabab Rossiyaga joriy yilning may oyida ishlash maqsadida ketgan. Dastlab Moskva shahriga borib, ish topolmagach Samara shahriga borgan. Samarada ham ish topolmay Magadan shahriga ketgan. Fuqaro pandemiya davrida ish topolmaganligi, koronavirus kasaligini yuqtirib olganligi sababli ruhiy tushkunlikka va murakkab moliyaviy ahvolga tushib qoladi.

Yuqoridagi fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bugun, 4 avgust kuni Qozon-Toshkent, Novosibirsk-Toshkent, Magadan-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.