English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada 65 ming kiber hujum bartaraf etildi
10:49 / 2024-02-07

O‘tgan yil rossiyalik mutaxassislar muhim axborot infratuzilmasiga uyushtirilgan 65 mingdan ortiq kiber hujumni qaytarishdi.

Rossiya OAV xabariga ko‘ra, bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko “Raqamli iqtisodiyot” forumida ma’lum qilgan.  

“Mahalliy yechimlarimiz kiber makonni qo‘riqlaydi, bundan qo‘shnilarimiz ham foydalanadi. Aytgancha, 2023 yil muhim infratuzilma ob’ektlariga qilingan 65 ming hujum muvaffaqiyatli qaytarildi”, — dedi u.

2023 yil dekabr oyi oxirida RF Xavfsizlik Kengashi razvedka xizmati hukumat, aloqa, energetika, fan va ta’lim, sanoat, transport va bank ob’ektlari yirik kiber hujumlarga duch kelganini ma’lum qildi. Umuman, sohada vaziyat barqarorligicha qolmoqda.