Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada 3 nafar farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan ayol Vatanga qaytarildi
14:50 / 2021-06-18

Samarqand viloyatidan Z.X oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Rossiyaning Chelyabinsk shahriga ishlash maqsadida ketgan. Fuqaro Z.Xning ijtimoiy tarmoqlar orqali uysiz va pulsiz, voyaga yetmagan farzandlari bilan qiyin ahvolda qolganligi, shunga ko‘ra Vatanga qaytishga yordam so‘ragan murojaati tarqaldi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib,  vaqtincha yashash joyi (xostel)ga joylashtirildi. Fuqaroning 2 nafar farzandiga O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi.

18 iyun kuni  Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Yekaterinburg-Samarqand yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.