English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadimi?
14:11 / 2023-07-21

Xalqaro sport jamoatchiligini qiziqtirib kelayotgan “Rossiyalik sportchilar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadimi?” degan savol hanuz ochiq qolmoqda. Kuni kecha RF Olimpiya qo‘mitasi rahbari Stanislav Pozdnyakov boshlanishiga ikki oydan ziyod vaqt qolgan yozgi Osiyo o‘yinlarida mamlakat sportchilarining ishtiroki bo‘yicha hech qanday rasmiy taklifnoma kelib tushmagani, bunday vaziyatda biror variantni ko‘rib chiqish yoki muhokama qilish ma’nosiz ekanini aytdi. Ushbu axborotni “insidethegames.biz” sayti tarqatgan.

Iyul oyi birinchi o‘n kunligida Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasining Bangkokda o‘tgan yig‘ilishida Rossiya va Belarusdan 500 nafarga yaqin sportchi Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun “Xanchjou-2022”da raqobatlashishga ruxsat berish masalasi ovozga qo‘yildi.  

O‘shanda Gonkong vakillari bu rejani ochiqchasiga tanqid qilib chiqdi, boshqa rasmiylar betaraf qolishdi, shuningdek, ayrim sport turlarida raqobat nomutanosibligi to‘g‘risida ham fikrlar yangradi. Xullas, “Parij-2024” yo‘llanmalarini Osiyo sport maydonlarida qo‘lga kiritish orzusi Rossiya va Belarus uchun armon bo‘lib qoladigandek.  

Rossiya MOQ rahbari bu boradagi fikrini quyidagicha yakunlagan:  

– Osiyo o‘yinlari boshlanishiga oz vaqt qoldi, har qanday holatda sportchilarni kerakli natijaga erishish uchun to‘liq tayyorlash istiqboli yuzasidan savol ko‘p. Masalaning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa jihatlari alohida mavzu. Bir necha oydan buyon sportchilarimizning xalqaro turnirlardagi ishtirokiga oid ko‘p mish-mishlarni eshityapmiz. Aksariyat holatda so‘z so‘zligicha qolayotgani bor gap.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA