Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Yaqin Sharq masalalari boʻyicha Varshava anjumanida ishtirok etmaydi
10:19 / 2019-01-23

Rossiya 13-14 fevralda boʻlib oʻtuvchi AQSH va Polsha tomoni tashkillashtirgan Yaqin Sharq masalalari boʻyicha Varshava anjumanida ishtirok etmaydi.


Rossiya 13-14 fevralda boʻlib oʻtuvchi AQSH va Polsha tomoni tashkillashtirgan Yaqin Sharq masalalari boʻyicha Varshava anjumanida ishtirok etmaydi.

RIA Novosti xabariga koʻra, bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilgan. “Rossiya tomoni tashkilotchilar taqdim etgan anjuman kun tartibi bilan tanishib, anjumanda qatnashmaslikka qaror qildi”, deyiladi mahkama maʼlumotnomasida. Unda anjuman shoshma-shosharlik bilan, Yaqin Sharqda muhim oʻrin tutuvchi davlatlar nuqtai nazari hisobga olinmay tashkil qilingani aytilgan.