Rossiyaning Yaponiyadagi elchisi Mixail Galuzinga 26 sentyabrda kun chiqar mamlakatning Vladivostokdagi bosh konsuli hibsga olinishi munosabati bilan norozilik notasi topshirildi.
Bu haqda Yaponiya Tashki ishlar vaziri Yosimasa Xayasi ma’lum qildi.
“Rossiya tomonining harakati Vena konvensiyasini buzish hisoblanadi va bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Rossiya elchisi Yaponiya vazirligiga chaqirtirilib, norozilik bildirilgan holda, rasmiy uzr so‘rash talab qilindi. Men Rossiya tomonini noroziligimiz va talabimizni jiddiy qabul qilishga chaqiraman”, dedi vazir.
Xayasi ta’kidlashicha, “ushlangan shaxs noqonuniy hatti-harakat qilmagan”.
Vazir, shuningdek, diplomat hibsga olinish paytida “majburlash chorasi qo‘llanganini” tanqid qildi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar markazi 26 sentyabr kuni yapon diplomati pul mukofoti evqaziga Rossiyaning boshqa davlatlardan biri bilan hamkorlikning dolzarb jihatlari to‘g‘risida cheklangan ma’lumot olayotgan paytda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.
Keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiya elchixonasi maslahatchisini chaqirib, voqeaga nisbatan keskin norozilik bildirdi. Qayd etilishicha, konsul non-grat shaxs, deb e’lon qilindi. Endi u 48 soat ichida Rossiyani tark etishi kerak.
O‘zA