Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va YeXHT Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi
10:49 / 2022-02-15

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Moskvada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar mahkamasi rahbari Zbignev Rau bilan Ukraina sharqidagi vaziyat yuzasidan suhbatlashadi.

“RIA Novosti” xabariga qaraganda uchrashuvda “YeXHT tomonidan muvofiqlashtiriluvchi guruhning Ukraina ziddiyati bo‘yicha faoliyati, Kiyevning Donetsk va Lugansk bilan bevosita muloqoti, Minsk kelishuvi bajarilishiga oid chora-tadbirlar muhokama qilinadi”, deyiladi ma’lumotda. 

Bundan tashqari tomonlar Donbassdagi vaziyat, mamlakatdagi kam sonli millatlar va inson huquqiga rioya qilinishi bo‘yicha kuzatuv olib boruvchi YeXHT maxsus monitoring missiyasi ishi bo‘yicha ham fikr almashadi.

F.Abdurahimov