Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya va Xitoy o‘zaro tovar ayriboshlash hajmini 3 yil ichida 200 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Rossiya-Xitoy hamkorligi yuqori darajadagi maqsadlarni qo‘yish imkonini beradi, – dedi Mishustin xitoylik hamkasbi Li Ketsyan bilan videomuloqotda.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida tovar ayriboshlash hajmi 31 foizga o‘sib, 110 milliard dollarni tashkil etdi.
– Yil yakunida biz yangi rekord darajalarga yetishni kutmoqdamiz, – dedi Mishustin. Asosiysi, davlat rahbarlarimiz ko‘rsatma berganidek, yaqin 3 yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, – deydi Rossiya bosh vaziri.
Qiyinchiliklarga to‘xtalar ekan, Mishustin Rossiya ham, Xitoy ham sanksiyalar, siyosiy va iqtisodiy bosim bilan kurashishi kerakligini ta’kidlab, cheklovchi choralarga eng yaxshi javob hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va iqtisodiy aloqani rivojlantirish ekanligini qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida, Li Ketsyan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi katta salohiyat va hamkorlikning keng istiqbolini qayd etib o‘tgan.