French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Xitoy o‘rtasida yangi temir yo‘l konteyner yo‘nalishi ochildi
11:39 / 2022-10-19

Xitoyning Lyaonin provinsiyasidagi Tiyeling shahridan Moskvaga yangi temir yo‘l konteyner yo‘nalishi ochildi, deb xabar berdi Rossiyaning Xarbindagi bosh konsulligi.

"Oktyabr oyi boshida Xitoyning Tiyeling shahridan Moskvaga birinchi yuk poyezdi Zabaykalsk – Manchjuriya temir yo‘l nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tdi. Bizning kompaniyamizga 77 million yuanga (taxminan 662 million rubl) eksport tovarlari solingan 50 ta konteyner jo‘natildi”, – deyiladi diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi kanalida.

Qayd etilishicha, Xitoydan yuklarni yangi yo‘nalish bo‘yicha yetkazib berish 15 kunni tashkil etadi. Jo‘nash va mo‘ljal punktlari orasidagi masofa 7,5 ming kilometrga yaqin.

Bosh konsullikning eslatishicha, 2022 yilning 8 oyi davomida “Zabaykalsk – Manchjuriya” temir yo‘l nazorat punkti orqali har ikki yo‘nalishda uch mingdan ortiq konteyner poyezdlari o‘tgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga ko‘pdir.

XXR Bosh bojxona boshqarmasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2022 yilning sakkiz oyida 31,4 foizga o‘sib, 117,205 milliard dollarni tashkil qilgan.

 

 O‘zA