Vashingtondagi tahlil markazi eksperti Samuel Bendet DW nashriga bergan intervyusida, Ukraina endi Rossiyaning muhim energetika va sanoat ob’ektlariga zarba bermoqda, dedi. Bunga u Ust-Luga porti va Bryansk viloyatidagi neft terminaliga uyushtirilgan hujumlarni misol qilib keltirgan.
Shuningdek, Kiyev endi harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilmalarni nishonga olayotganiga urg‘u bergan.
Bendett so‘zlariga ko‘ra, ikki yil davomida urushda dronlar roli keskin o‘sgan. Ayniqsa, kamera orqali boshqariladigan dronlarning soni va imkoniyatlari oshgan. Ular uzoqroq masofaga ucha oladi, ko‘proq portlovchi modda ko‘taradi va radioelektron kurash vositalariga nisbatan chidamliroq bo‘lib bormoqda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu urushda sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tajribalar olib borilmoqda. Bu esa kelajakda bir operator bir vaqtning o‘zida bir nechta dronni boshqarishi mumkinligini anglatadi. Mutaxassis shu tariqa dronlar “to‘dasi”paydo bo‘lishidan xavotir bildirmoqda.
Rossiya o‘rta masofali dronlar ishlab chiqarishda ustunlikka ega va ular doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.
Ukraina esa uzoq masofali kamikadze-dronlarishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bunday dronlar Rossiya hududining ichkari qismigacha yetib borishi mumkin. Biroq ular katta hajmda ishlab chiqarilmayapti.
Rossiya esa Eronda ishlab chiqarilgan “Shahed” turidagi dronlardan faol foydalanmoqda va so‘nggi paytlarda ayrim modellarni katta miqdorda ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan.
Ukraina 2026-yilda 1 millionga yaqin qisqa masofali dron, shuningdek, o‘rta va uzoq masofaga uchadigan 10 ming dona dron ishlab chiqarish rejasini e’lon qilgan. Rossiya ham o‘z navbatida katta hajmda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani aytilmoqda.
Harbiy ekspert Samuel Bendettning xulosasiga ko‘ra, ikki tomon ham sanoat va texnologiya sohasida tezroq moslashishga harakat qilmoqda, shu bois jarayon uzoq davom etadigan poygaga o‘xshaydi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dgOPc4a97w0" title="Rossiya va Ukraina o‘rtasida dronlar poygasi tobora tezlashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA