Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Ukraina muzokaracining uchinchi davrasi o‘tkazildi
21:01 / 2025-07-24

Istanbuldagi Charog‘on saroyida Rossiya va Ukraina yopiq eshiklar ortida muzokarani davom ettirdi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti”.

Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina jamoasiga esa Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchilik qilgan.

Muzokarada har ikki tomon qator muhim tashabbuslar ilgari surib, muayyan kelishmovchiliklarga ham duch keldi.

Ukraina tomoni ikki davlat rahbarlari uchrashuvini avgust oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qildi. Umerov “bunday muloqot haqiqiy siyosiy taraqqiyotni ochishga qodirligi, ammo buning uchun Rossiya uchrashuvga tayyorligini namoyish qilishi kerakligi”ni ta’kidladi.

Rossiya и Ukraina завершили третий раунд переговоров в Sтамбуле | Новости  Беларуси | БелТА

Jami 1200 kishilik keng ko‘lamli gumanitar almashinuv to‘g‘risidagi kelishuv tadbirning muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Rossiya tomoni, Umerov aytishicha, uch yildan ko‘p ushlab turilgan mahbuslar, jumladan og‘ir yaradorlarni qaytarishga rozi bo‘lgan.

Medinskiy esa Moskvaning onlayn rejimda ishlaydigan siyosiy, gumanitar va harbiy masalalar bo‘yicha uch ishchi guruh tuzish taklifini ma’lum qildi.

Bundan tashqari Rossiya Ukrainaga yana 3000 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi jasadini topshirishga tayyorligini bildirib, yaradorlar va marhumlarni evakuatsiya qilish uchun qisqa muddatli (24-48 soat) o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qilgan.

Gumanitar sohada erishilgan kelishuvlarga qaramay, tomonlar siyosiy jihatdan hamon kelisholmayapti. Medinskiy ta’kidlaganidek, memorandumlar muhokamasi Moskva va Kiyevning qarashi haliyam “bir-biridan juda uzoq”ligini ko‘rsatdi.

Umuman, muzokarada gumanitar kelishuv, tinch aholini qaytarish, yetakchilar uchrashuvi, bolalarni qaytarish va mojaroni hal qilish asosiy mavzu bo‘lgan.

РФ надеется на проведеniе четвертого раунда переговоров с Украиной
Переговоры в Sтамбуле - о чем удалось договориться Украине и РФ - Главред

– Xalqaro hamjamiyat Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaraning dastlabki ikki davrasi natijasini yuqori baholagan, – dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan. – Dastlabki ikki raundda sezilarli natijalarga erishdik...

S.Rahimov, O‘zA