Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi istiqbollariga baho berildi
14:01 / 2025-07-28

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanning aytishicha, Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari umumiy kelishuvga erishish istagida, muzokaralar shu sur’atda davom etsa, yaqin kelajakda mojaroga vaqtinchalik yechim topish mumkin bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar mamlakatlar yetakchilarining uchrashuvi zarurligi bo‘yicha “fundamental kelishuv”ga erishgan, biroq Rossiya ham, Ukraina ham bu masalaga turli pozitsiyalardan yondashadi.

– Garchi hozirda munozaralar biroz sust kechayotgan bo‘lsa-da, men ularning umumiy kelishuvga erishish istagini ko‘rmoqdaman, - dedi Fidan “NTV” telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq, ukrain mulozimi Rustam Umerov Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy va RF prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvni avgust oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qilgan edi. Moskva esa birinchi navbatda bunday uchrashuv mazmunini puxta tayyorlashni talab qilgani haqida xabar bergandi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi chorshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi va bir soatga yaqin davom etdi. 

S.Rahimov, O‘zA