Loyiha doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sovutilgan konteynerlarda tezlashtirilgan poyezdlar orqali mamlakatlar o‘rtasida tashiladi.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirining o‘rinbosari Dmitriy Volvach xabar berishicha, "Agroekspress" rus-o‘zbek loyihasi ishlab chiqilmoqda va u yaqin orada amalda tatbiq etiladi.
– Hujjatni o‘zbek tomoni yakunlab beradi. Logistika koridorini ishga tushirish loyihasining amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni muttasil oshirish imkonini beradi. Kelgusida mahsulot yetkazib beradigan konteyner poyezdlarini joriy etish ham rejalashtirilgan, – deyiladi xabarda.
Loyiha uchun bojxona va nazorat xizmatlarining o‘zaro ta’siri, tariflar va harakatlanuvchi tarkibni shakllantirishning texnik shartlarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadigan chora-tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi matbuot xizmatida ko‘rsatilganidek, Rossiya Ozarbayjon bilan ham shunga o‘xshash loyihani ishga tushirish ustida ish olib bormoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji va logistika markazining qurilishi boshlandi, bu ham yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradi, – dedi MATK prezidenti Sergey Lisovskiy.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimiz Rossiyaga 113,7 million AQSH dollari miqdorida sabzavot va meva eksport qilgan.