Rossiya va KXDR yetakchilari telefonlashdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In bilan telefon orqali suhbatlashdi.
RF Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar 2024 yil 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va barcha yo‘nalishda hamkorlik munosabatini yanada rivojlantirishga sodiqlikligini tasdiqlagan.
Rossiya rahbari, jumladan, hamkasbiga AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan muzokara oldidan tegishli ma’lumot bergan.