Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Hindiston BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirmoqda
10:58 / 2021-12-07

Rossiya bilan Hindiston hozirgi zamon global voqelikni o‘zida aks ettirishi uchun BMT Xavfsizlik kengashida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish kerakligini ma’lum qildi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi  “Rossiya – Hindiston: tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” XXI Rossiya – Hindiston sammitida birgalikda bayonot berdi. Mazkur bayonot Kreml saytida e’lon qilingan.  

"Tomonlar zamonaviy global voqelikni o‘zida aks ettirishi va nufuzini yana oshirish, xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalarini samarali hal qilish uchun  BMT Xavfsizlik kengashini keng ko‘lamli isloh qilishga chaqiradi", — deyiladi bayonotda. 
 
Shuningdek, xabarda keltirilishicha, Rossiya prezidenti BMTning isloh qilingan va kengaytirilgan Xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo bo‘lishi uchun Hindistonning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ham tasdiqlagan.