Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Belarus sportchilari Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadimi?
23:49 / 2025-09-19

2026 yilning 6-22 fevral kunlari Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) XXV Qishki Olimpiya o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ushbu musobaqada rossiyalik va belaruslik sportchilarni qo‘yish mezonlarini e’lon qildi.

XOQ matbuot xizmati xabar berishicha, Rossiya va  Belarus davlati sportchilari xuddi 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiadadagi shartlar kabi neytral maqomda ishtirok etishi mumkin. Bu faqat individual yo‘nalishlarda saralash bosqichidan o‘tgan sportchilarga taalluqli. Jamoaviy musobaqalarda esa ishtirok eta olmaydilar.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, neytral maqom faqat harbiy organlar yoki milliy xavfsizlik xizmatlari bilan shartnomasi yo‘q sportchilarga beriladi. Mezonlarga ko‘ra, sportchilar va ularning jamoa a’zolari harbiy harakatlarni faol qo‘llab-quvvatlagan taqdirda ham Olimpiadaga qo‘yilmaydi.

Shuningdek, rossiyalik va belaruslik sportchilarning neytral maqomga muvofiqligini maxsus komissiya ko‘rib chiqadi. Uning tarkibiga sobiq sinxron suzuvchi va XOQ a’zosi Nikol Xeverts, Ispaniya terma jamoasi sobiq basketbolchisi va ikki karra “NBA” chempioni Pau Gazol hamda Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe kiradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA