Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya va Belarus harbiylari Fargʻonaga yetib keldi
11:33 / 2020-08-15

Mehmonlar munosib hordiq chiqarishlari uchun Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda joylashtirildi.


Fargʻona xalqaro aeroportida “ARMI – 2020” musobaqasining “Yoʻl patruli” yoʻnalishida ishtirok etadigan Rossiya va Belarus davlatlarining harbiy jamoalari tantanali ravishda kutib olindi.

Mehmonlar munosib hordiq chiqarishlari uchun Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda joylashtirildi. Shundan soʻng mehmonlar uchun tantanali miting va Rossiya hamda Belorussiya davlatlari bayroqlarini koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi.

Barcha tadbirlar karantin qoidalari asosida oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, ArMI – 2020 xalqaro armiya musobaqalarining 2 ta – “Harbiy-tibbiy estafeta va “Yoʻl patruli” yoʻnalishi joriy yilning 23-avgustidan 5-sentyabriga qadar Jizzax viloyatining “Forish” poligonida hamda Qoʻqon shahridagi harbiy qismda oʻtkaziladi.

photo_2020-08-15_12-21-24.jpg

photo_2020-08-15_12-21-26.jpg

photo_2020-08-15_12-21-27.jpg

photo_2020-08-15_12-21-33.jpg

Islomjon QOʻCHQOROV,
“Vatanparvar” gazetasi muxbiri