Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rossiya va AQSH muloqotidagi natijalar yuzaga chiqishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi”
11:47 / 2021-06-30

Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning uchrashuvidan keyin ikki tomonlama munosabatdagi ma’lum natijani his qilish uchun vaqt kerak.

Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday fikrni aytdi.  

“Uchrashuvdan keyingi ikki hafta mobaynida munosabatlar o‘zgarishini kutishning o‘zi mumkin emasdir balki. Bu xastalikka qarshi malham ichishdek gap. Dori ma’lum vaqtdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi – bu yerda ham shunday. Natijalar yuzaga chiqishi uchun ma’lum vaqt – oylar kerak bo‘ladi”, dedi Peskov “Rossiya 24” kanali efirida.