Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina
11:18 / 2023-01-11

Davlatga xiyonat va josuslik uchun...

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. “Men suhbatdoshimga Kiyevning harbiy texnikaga ehtiyoji borligini tushuntirdim”, deb yozdi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida yetakchi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok mamlakat Vazirlar mahkamasi a’zolari orasidan birinchilardan bo‘lib, kutilmaganda sharqiy Ukrainaga tashrif buyurdi.. Bu haqda “n-tv” telekanali xabar berdi.

Safar oxirgi daqiqagacha xavfsizlik nuqtai nazaridan sir saqlandi.

Berbok ukrainaliklar “o‘z kelajagini Yevropada, Yevropa Ittifoqida ko‘rmoqdalar. Bu borada biz zaruriy ko‘makni berishga tayyormiz”, deb bayonot berdi.

Uning Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan muzokaralari uch davom etdi. U Germaniyaning Kiyevga “Leopard” tanklari yetkazib berishiga ishonch bildirdi.

Ukraina atrofidagi ziddiyatning cho‘zilishi Vengriya va Serbiya manfaatlariga zid, YeIning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari ikki davlat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Budapeshtda serb hamkasbi Ivitsa Dachich bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. “Ikki mamlakat Ukrainaga tezroq tinchlik, barqarorlik kelishini istaydi”, dedi u.

“Deutsche Welle” mediakompaniyasiga intervyu bergan Yevrokomissiya raisining o‘rinbosari Frans Timmermans Ukrainada vaziyat barqarorlashmaguncha YeIga a’zo bo‘lib kirolmaydi, dedi. “Ukrainaning YeIga kirishi “tashkilotning xarakterini o‘zgartiradi”, deb hisoblaydi Timmermans. Kanada AQSHdan “NASAMS” zenit-raketa majmuasini sotib olib, uni Ukrainaga yuborish niyati bor, dedi Bosh vazir Jastin Tryudo.

Ukrainalik harbiylarga Amerikaning havo hujumiga qarshi “Patriot” tizimidan foydalanishni o‘rgatish darslari kelasi haftadan boshlanadi, deb ma’lum qildi “CNN” telekanali. AQSH Mudofaa vaziri yordamchisining Rossiya, Ukraina va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Lora Kuperning aytishicha, o‘qish bir necha hafta davom etadi, u Oklaxoma shtatidagi Fort-Sill harbiy bazasida o‘tkaziladi.

Prezident taniqli muxolifatdagi siyosatchilar Viktor Medvedchuk, Taras Kozak, Renat Kuzmin i Andrey Derkachlarni Ukraina fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.=

Ukraina Xavfsizlik xizmati va Davlat migratsiya xizmati taqdim etgan hujjatlar va mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq shunday qaror qabul qildim, dedi Zelenskiy. Ukraina Xavfsizlik xizmati matbuot bo‘limining xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning fevral oyidan beri 1,5 mingdan ortiq davlatga xiyonat va josuslik bo‘yicha jinoyat ishlari ochilgan.

“Ulardan 340 tasi sudga chiqarilgan”, deyiladi xabarda. Maxsus xizmatning tasdiqlashicha, o‘tgan davr mobaynida “600dan ziyod rossiyalik agentlar” fosh etilgan.

 

Abror XON,

O‘zA