English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya-Ukraina
10:28 / 2022-12-23

Safar natijalari va MAGATE kelishuvi...

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.  

Zelenskiyning o‘z ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlardan qaytishda Varshavada Polsha Prezidenti Andjey Duda bilan uchrashdi.  

Ikki soat davom etgan suhbat davomida “yil yakunlarini sarhisob qilib, kelgusi yilda xalqaro darajada ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildik”, deyiladi xabarda.

“Shuningdek, AQSH tashrifi haqida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdim”.

Moskvada “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev va MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi uchrashuvi o‘tdi.

Maslahatlashuvlar davomida “Zaporoje AESda xavfsizlik zonasi tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya loyihasi bo‘yicha qarashlarning ancha yaqin bo‘lgani” ta’kidlandi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Grossining so‘zlariga ko‘ra, ZAES atrofidagi xavfsizlik zonasi “yadroviy falokatning oldini olishga qaratilgan”.  

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Bosh kotibi Entoni Blinken va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘lu bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida NATOga a’zo-davlatlarning Ukrainaga harbiy yordam  ko‘rsatishda birlikning muhimligi ta’kidlandi.    

AQSH Tashqi siyosiy mahkama matbuot xizmatining rahbari Neda Prays muzokaralar yakuni bo‘yicha tarqatgan xabarida “ikki tomon o‘zaro muloqotdan mamnun qolganliklari” aytiladi.  

Shuningdek, matbuot anjumanida Blinken “agar 2021 yilda AQSH hukumati Afg‘onistondan o‘z Qurolli kuchlarini olib chiqib ketmaganida, bugun Vashingtonning Ukrainaga yordam berishi yanada mushkul bo‘lardi, dedi.  

Italiya Bosh vaziri Jorj Meloni davlat “RAI” televideniyesiga bergan intervyusida 2023 yilning boshida Ukrainaga safar bilan borishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.  

Sobiq Prezident Igor Dodon Moldova qo‘shni Ukraina atrofidagi ziddiyatga aralashib qolmaslikni va Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan neytralitet maqomiga sodiq bo‘lib qolishga chaqirdi. U haqda “N4” telekanaliga bergan suhbatida aytib o‘tgan.

Shimoliy Koreya Amerikaning Kiyevga yetkazib berayotgan qurol-aslahalarini jinoyat, deb atadi. “Bu qonli voqea”ni AQSH o‘ylab topgan, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.  

Xitoylik siyosiy ekspertlarning “Global Times” nashridagi chiqishida Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berib, Amerika hukumati Rossiya va ayrim Yevropa mamalakatlarini kuchsizlantirishga intilmoqda, deyiladi.  

“Bloomberg” agentligining qayd etishicha, “Zelenskiyning AQSHga ziyorati Kiyevning kelgusida Vashington tomonidan keladigan har qanday yordamning ozayishi xavotiri bilan bog‘liq”.

Sharhlovchi Xel Brendsning fikricha, "hamma ishlar joyida bo‘lganda Zelenskiy Vashingtonga bormagan bo‘lar edi " deydi.

 

Abror XON, O‘zA